“NAMANGAN CHORSU DEHQON UNIVERSAL BOZORI” AJ Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 26-martdagi 82-sonli qaroriga asosan, jamiyat taʼsischilari umumiy yigʻilishining 1996-yil 24-apreldagi qarori va 335/112-0-sonli viloyati Namangan shaxar hokimining 1996-yil 18-apreldagi 4/284- sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Jamiyat Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligida 2000-yil 27-dekabr № 635-sonda reestr raqami bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.
Jamiyat manzili: Namangan viloyati, Namangan shaxri Uychi koʻchasi, 333 uy manzilida joylashgan boʻlib, jamiyatga 4,17 ga hokimligi tomonidan umumiy maydoni biriktirilib berilgan;
1. Yuridik manzili: Namangan viloyati Namangan shaxri Uychi kuchasi 333 uy;
2. Statistika organlaridan berilgan tarmok kodi: 68201
3. Ixtisoslashuvi (faoliyat turi): Axoliga xizmat kursatish
4. Ish rejimi: (xaftada 6 kun); - ish vaqti soat 8-00 dan 17-00 gacha;
5. Ishchi-xodimlarning umumiy soni: 63 nafar, shundan, Maʼmuriy boshqaruv xodimlari soni 12 ta;
6. Umumiy yer maydoni, jami 4,17 ga. Jamiyatning taʼsis hujjatlariga asosan jamiyatning nizom jamgʻarmasi 765982000 ( Yetti yuz oltmish besh million tukkiz yuz sakson ikki ming sum ) soʻmni tashkil etadi.
Jamiyatning nizom jamgʻarmasida yuridik shaxslar ulushi-79,93 foizni, jismoniy shaxslar ulushi 20,03 foizni tashkil qiladi. Jamiyatning nizom jamgʻarmasi toʻliq shakllantirilgan.. “NAMANGAN CHORSU DEHQON UNIVERSAL BOZORI” AJ Namangan shahrining markaz qismida joylashgan boʻlib, bozordagi savdo rastalarning joylashishi xaridorlar talablari va bozorga tashrif buyurgan mexmonlar, sotuvchi va xaridorlar uchun qulayliklarni maksimal eʼtiborga olgan holda bugungi zamon talablariga muvofiq qurilgan. Savdo rastalarida qishlok xoʻjalik maxsulotlari joylashuvini rejalashtirishda maxsulot sigmentatsiyasiga alohida eʼtibor berilgan. Bozorda savdoga qoʻyilgan barcha qishlok-xoʻjalik mahsulotlarini, goʻsht maxsulotlarini tekshirish uchun vetlaboratoriya xizmati yoʻlga qoʻyilgan. Bundan tashqari qoʻshimcha ravishda Davlat Soliq tayanch punkti, munitsipal, sanitar militsiya tayanch punktlari ham mavjud. Xaridorlar, tadbirkorlar va fukarolarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida bozor hududida tosh-tarozilarni ijaraga berish, yuk saklash xonalari, aravalar xizmati, etikdoʻzlik, charxchilik, kalit yasash xizmatlari keng yoʻlga qoʻyilgan.
Jamiyat faoliyatining asosiy turlari va daromadlari
- Bozor hududida aholining kundalik hayotidagi oʻrni va ahamiyatini inobatga olib hamda xaridorlar uchun qulay sharoitlar yaratish, savdoni tashkil etish boʻyicha savdo xizmatlarini koʻrsatishdan iborat. Jamiyatning asosiy faoliyat turlari va daromadlar manbaiga quyidagilar kiradi:
- savdo joylari uchun undiriladigan joy haqi toʻlovlari (oziq-ovqat, nooziq- ovqat, mol bozori, boshqalar);
- bozorning hududida joylashgan va ularning tasarrufidagi yer uchastkalari, binolar va inshootlarni ijaraga berishdan olingan tushumlar;
- sotuvchilar va xaridorlarga xizmatlar koʻrsatishdan olingan daromadlar;
- arava, tarozi, hojatxona va boshqa xizmatlar uchun toʻlovlar;
- qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa tushumlar bozor daromadlarining manbalari hisoblanadi.